Akkerman konvensiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Akkerman konvensiyasi – Rossiya bilan Turkiya oʻrtasida 1826-yil 7-oktabr da Akkerman shahrida tuzilgan shartnoma. 1812-yilgi Buharest sulhinn toʻldirgan. Moldaviya, Valaxiya va Serbiyaning im-tiyozlariga rioya qilinishi yuzasidan Turkiya majburiyat olgan. Rossiya savdo kemalariga Turkiya hududiy suvlarida suzib yurish, rus fuqarolariga esa barcha turk viloyatlarida savdo qilish huquqi berildi. Rossiya va unga dust davlatlar 262turk boʻgʻozlaridan ham bemalol foydalanadigan boʻldi. Akkerman konvensiyasi Rossiyaning Yaqin Sharq va Bolqondagi mavqeini mustahkamlashda muayyan rol oʻynadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil