Akinak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Akinak (yun. akinakes) – xanjar (40– 60 sm)]. Sak, skif va forslarda mil. av. 1- ming yillik o‘rtasi va 2-yarmida qo‘l jangida sanchuvchi qurol sifatida ishlatilgan. Amudaryo xavzasidan to-pilgan sak jangchisi tasviri tushirilgan tilla jevakka qarab A.ning qanday taqib yurilganligini bilish mumkin. U belboqqa osib qo‘yilgan, pastki uchi esa ot minganda yoki piyoda yurganda xalaqit bermasligi uchun yonboshga, tizzadan yuqoriroqqa bog‘lab qo‘yilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil