Akbar Hakimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Akbar Abdullayevich Hakimov (1949.9.8, Termiz shahri) — sanʼatshunos, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi akademik (1997), sanʼatshunoslik fanlari doktori (1993), professor(1996). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1972). 1969 yildan Sanʼatshunoslik institutida katta laborant, ilmiy xodim (1979—82), boʻlim mudiri (1982— 92), direktor oʻrinbosari (1992— 97; 2000-05 ylarda direktor vazi-fasini bajaruvchi); 2005 yildan yetakchi ilmiy xodim. Ayni paytda Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi bosh ilmiy kotibi (1997—2005). H.ning ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo badiiy hunarmandligi masalalarini oʻrganishga bagʻishlangan. H. bir qancha xalqaro ilmiy anjumanlar qatnashchisi, qoʻrgazmalar loyaihasi va ularga tuzilgan kataloglar hammuallifi ("Orol fojiasi", "Oʻzbekiston — Amir Temur vatani" va boshqalar) "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (2000).

Manbalar[tahrir]

  • Iskusstvo Sentralnoy Azii, L., 1987; Sovremennoye dekorativnoye iskusstvo Sent-ralnoy Azii, T., 1988; Sovremennaya dekora-tivnaya plastika respublik Sredney Azii, T., 1999; Iskusstvo natsiy, M., 2000.