Akarifaglar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akarifaglar (yun. akari — kana va phagos — yeyuvchi) — yirtqich va parazit hasharotlar hamda kanalar; oʻrgimchakkanalarning tabiiy kushandalari. Sugoriladigan dehqonchilik mintaqalarida oddiy oʻrgimchakkana bilan oziqlanuvchi A.ning 40 turi aniqlangan. Gʻoʻza va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlaridagi oʻrgimchakkana bilan oziqlanib, ular sonini kamaytiruvchi A.- stetorus, kanaxoʻr tripe, yirtqich qandala — orius, oltinkoʻzlar, fitoseid oilasiga mansub yirtqich kanalar va boshqa katta ahamiyatga ega. Yirtqich kanalardan issiqxonalardagi oʻsimliklarni, bahor va kuzda esa harorat 30% dan yuqori va havo namligi 60-80% li sharoitda gʻoʻzani zararkunandalardan himoya qilishda hasharotlarni mavsumiy tarqatish usulida foydalaniladi (yana qarang Foydali hasharotlar).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Akarifaglar" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil