Akademik qayiqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Akademik qayiqlar – tez su-zuvchi eshkakli sport kayiklari. Poygalarda ishlatiladi. Eshkak quloqlari va suriluvchi (roliklarda) maxsus o‘rindiqlari bor. Bunday qayiqlar juda yengil materiallardan yasalib, xipcha, suvni atrofidan tez o‘tkazadigan bo‘ladi.Akademik qayiqlar "yolg‘iz" va "juftlik"larga bo‘linadi. "Juftlik"larda sportchi ikkita eshkakdan, "yolg‘iz"da esa bitta uzun eshkakdan foydalanadi. "Juftlik" qayiqlar bir sportchilik, ikki sportchilik va to‘rt sportchilik bo‘ladi. "Yolg‘iz" eshkaklilari ikki, to‘rt va sakkiz sportchiga mo‘ljallangandir. Qayiqlarning bo‘yi, eni va vazni turlicha. Ichki qurilmalari bilan og‘irligi 10–15 kg, uzunligi esa 8–9 m. Eng katta linkorn sak-kizlik Akademik qayiqlarning uzunligi 20 m.ga yaqin bo‘lib, vazni 90–110 kg ga boradi. Sportchilar qayiq oldi tomoniga teskari o‘tirib esh-kak eshadilar. O‘zbekistonda Akademik qayiqlar ilk bor 1963 yil paydo bo‘ldi. V. N. Mustafoyev 1971 yil mamlakat Kubogi uchun kurashda g‘olib chiqdi. 1989, 1990 yilda 8 juftlikda O‘zbekiston o‘smirlari sobiq Ittifoq chempioni bo‘lishdi.O‘zbekiston milliy terma jamoasi Olimpiya o‘yinlarida, Osiyo va jahon chempionatlarida muntazam qatnashadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Akademik qayiqlar" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil