Kontent qismiga oʻtish

Ajmer

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ajmer, Ajmir – Hindistonning Rajastxan shtatidagi shahar. Aravali togʻida, 900 metr balandlikda joylashgan. Aholisi 402 ming kishi (1991). Transport yoʻllari tuguni va toʻqimachilik sanoati markazi mavjud. Ipgazlama, shoyi va trikotaj fabrikalari, mashinasozlik korxonalari, temir yoʻl ustaxonalari bor. Badiiy hunarmandchilik (shoyiga gul tikish, toʻr toʻqish) rivojlangan. Mamlakatning asosiy diniy markazlaridan. Ajmer XII asr boshlarida vujudga kelgan va Chauxanlar davlatining poytaxti boʻlgan. 1192-yildan Muhammad Gʻuriyga qarashli, keyinroq Dexli sultonlari tasarrufiga oʻtgan. 1556-yildan Boburiylar hukmronligida boʻlgan. 1818-yilda inglizlar bosib olgan. 1947-yildan mustaqil Hindiston tarkibida. Ajmerda XII asrda qurilgan masjid, XVI asrda solingan qal’a va saroylar saqlangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil