Ajiriqti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ajiriqti — korund koni; Navoiy viloyatidagi Tomdibuloq ovulidan 5 km gʻarbda, Tomdi togʻlarida. Korund metamorfizmga uchragan ohaktoshlar orasida kalinligi 1 m va uzunligi 10 m gacha boʻlgan qatlamlarda linza shaklida yotadi. Ruda tarkibida korund (10- 60%), Margarit, xloritoid, temir oksidlari va gidroksidlari bor. Kamdan-kam holda diaspor, andaluzit, shpinel, biotit, xlorit, muskovit, pirofillit uchraydi. Konda chuq. 2-3 m dan 20-30 m gacha bulgan qadimda qazilgan joylar uchraydi. Korunddan charx qumi sifatida foyda-lanilgan. Shu tipdagi bir qancha konlar (Ashibuloq, Tomdi, Chingildi, Oqtov, Saribuloq, Beshtov) mavjud. Korundli ohaktoshlarning toshkumir davriga man-subligi yangi konlar topish va toshkumir davri yotqiziqlarining yangi stratigra-fii: sxemasini ishlab chiqish imkonini berdi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil