Ajdar davr
Qiyofa
Ajdar davr — Oy yoki Quyosh diski markazining Oy tugunlarining birida ketma-ket ikki marta boʻlishi orasida oʻtgan vaqt. Ajdar oy — 27,21 oʻrtacha sutka, ajdar yil — 346,62 oʻrtacha sutka, Oy fazalarining takrorlanish davri (Sinodik oy) — 29,53 oʻrtacha sutka boʻlganligidan bu uchala davr boshlanishining takror ustma-ust tushishi orasida oʻtgan vaqt bir xil tutilish-arning takrorlanish davri — Saros (18 yil 11 sutka 7 soat 42 min.) ga teng boʻladi. Bunda 242 ajdar oy — 6585,36 sutka, 223 si-nodik oy — 6585,32 sutka, 19 ajdar yil — 6585,78 sutka.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |