Ajariya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Ajariya, Ajariya Muxtor Respublikasi – Gruziya Respublikasi tarkibida. 1921-yil 16-iyulda tashkil topgan. Zakavkazening janubi-gʻarbida, Qora dengiz sohilida joylashgan. Maydoni 3 ming km², aholisi – 333 953 kishiga yaqin (2014). A.da 5 tuman, 2 shahar, 7 shaharcha bor. Poytaxti – Batumi sh.Tabiati. A. dengiz sohili past-baland, boshqa joylari togʻli. Turkiya bilan chegara boʻylab baland Shavshet togʻ tizmasi oʻtadi. Mesxeti; Arsiyan tiz-malari ham bor. A. hududida 500 m gacha balandlikda iqlim subtropik, togʻlarda moʻ’tadil sovuq. Pasttekislikda yanvar ning oʻrtacha temperaturasi 4°, 7°, iyulya a 20°, 23°, toglarda yanvarda – 2°, iyulda 16°. Yillik yogʻin miqdori ichki vodiylarda 1000–1400 mm.sohilda 2400–2800 mm. Eng katta daryosi – Chorox; Batumi sh. yaqinida Qora dengizga quyiladi. Bu daryoning yuqori oqimi Turkiyada, uning irmogʻi – Ajarisskali Sharq-an Gʻarbga butun mamlakatni kesib oʻtadi. Foydali qazilmalari: mis va polime-tall rudalar, oltingugurt kolchedani, oʻtga chidamli tuproqlar. Tup-oqlari togʻlarda togʻ-oʻtloq va togʻ-oʻrmon, dengiz sohilidagi togʻ oldida qizil tuproq. Hududining 50% dan koʻprogʻi oʻrmonlar bilan qoplangan. Togʻ yon bagʻirlarida kash-tan, dub, grab, archa, pixta, dengiz boʻy i da subtropik oʻsimliklar (palma, mag-noliya va sh.k.) oʻsadi. Evkalipt, bambuk ham uchraydi. Kintrishi qoʻriqxonasi bor.Aholisi. A. da gruzin (ajar)lar, shuningdek ruslar, armanlar, ukrainlar va boshqa yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi – 1 km² ga 115,2 kishi. Aholining 48% shaharlarda istiqomat qiladi. Ajarlar tili gruzin tili lahjalaridan biri hisoblanadi. Yirik shaharlari: Batumi, Kobuleti.Tarixi. Mil. av. 6–2-asrlarda A. Kol-xida podshohligi, soʻngra Gʻarbiy Gru-ziya davlati tarkibiga kirgan. 11–15-asrlarda A. hududi birlashgan gruzin dav-latining bir qismi boʻlgan. 16-asrning 2-yarmida Gruziyaning zaiflashuvi sabab-li A.ni Turkiya bosib oldi va aholi orasida musulmon dinini tarqata boshladi. 1877–78 yilgi Rossiya-Turkiya urushi natijasida A. Rossiyaga qoʻshib olindi. 19-asrning 80-yillarida A. da sanoat ri-vojlana boshladi. 1897–1907-yillarda Boku – Batumi neft kuvuri yotqizildi. 1918-yil aprelda Batumi, Axalsixe, Ardagan va Guriyaning bir qismini turk qoʻshinlari, dekabr da esa butun A.ni ingliz qoʻshinlari bosib oldi. 1920-yil iyulda ular hokimiyatni mensheviklarga top-shirdi. 1921-yil martda sovet hokimiyati oʻrnatildi. 1921-yil iyulda Gruziya SSR tarkibida Ajariya ASSR tuzildi. 1990-yil dekabrdan A. Muxtor Respublikasi.Xoʻjaligi. Ajariya Ajariya iqtisodiyotining asosini tashkil kil ad i. Subtropik ziroatchiligi, ayniqsa sitrus mevalari yetishtirish rivoj-205langan. Makkajoʻxori asosiy qishloq xoʻjaligi ekini hisoblanadi. Bogʻdorchilik, tokchilik, ta-makichilik katta oʻrin oladi. 1949-yildan A. ning butun sohil boʻylariga choy ekila boshladi. Chorvachilik, parrandachilik, pillachilik, asalarichilik, sohilda baliqchilik bilan shugʻullaniladi. Sano-at korxonalarining aksariyati Batumi shahrida joylashgan. Shaharning koʻpchilik aholisi portda va Qora dengizning sharqiy sohilidagi neftni qayta ishlash zavodida ishlaydi. A.da mashinasozlik, ke-masozlik, taxta tilish, yogʻochsozlik, faner va mebel fabrikalari, oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari, bir necha yirik choy fabrikasi bor. Batumi kofein zavodi mashhur. Elektr energiyaning yagona mahalliy man-bai Ajarisskali GESi, shuningdek bir necha issiqlik elektr stansiyalaridir. A. hududidan Batumi – Boku temir yoʻl. Batumi – Samtredia, Batumi – Axalsixe avto-mobil yoʻli oʻtadi. Asosiy dengiz porti – Batumi sh. A.da Batumi, Maxinjauri, Sihisdziri, Beshumi, Kobuleti, Yashil Burun kurortlari bor. A. chetga neft mahsulotlari, yangi va konservalangan sitrus mevalar, choy, hoʻl meva, uzum, tung va efir moylari, tamaki mahsulotlari, choy va vino sanoati uchun asbob-uskuna, faner, mebel chiqaradi. Chetdan metall, asbob-uskuna, qurilish materiallari, un, toʻqimachilik mahsulotlari oladi. Madaniyati. A. da barcha turdagi umu-miy ta’lim maktablarida 65 mingdan ortiq oʻquvchi oʻqiydi. Oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, Batumi dengizchilik akademiyasi, Batumi universiteti, Batumi politexnika instituti, akvarium, delfinariy, ilmiy tadqiqot muassasalari, botanika bogʻi, ommaviy kutubxonalar, klub muassasalari, kino qurilmalar bor. Gruzin va rus tillarida gaz. chiqadi. Radioeshittirishi va retranslyatsiya telekoʻrsatuvi mavjud. A. adabiyoti – gruzin adabiyotining tar-kibiy qismi. Yozuvchilardan M. Varshanidze, 3. Gorgiladze, P. Loriya, N. Ma-lazoniya, Sh. Rokva, P. Rurua, F. Xalva-shi, G. Salukvadze, A. Shervashidze va boshqa uni rivojlantirishga oʻz hissalarini qoʻshganlar. A. me’morlik obidalari: Goniadagi qal’a, Vizantiya davridan qolgan Sihisdziridagi Petr qal’a-shahri (6-asr da asos solingan), Tamarissixe qal’asi, Sxaltdagi ibodatxona (13-asr), Maxunse-ti, Dandalo, Saputkretidagi bir arkali koʻpriklar va boshqa A. da qadimdan amaliy bezak san’ati (yogʻoch oʻymakorligi, zarb qilish, kashtachilik) rivojlangan. Key-ingi yillarda professional san’at oʻsdi (rassomlar Sh. Xoluashvili, S. Artme-ladze, X. Inaishvili; haykaltaroshlar T. Chanturia, M. Bolkvadze va boshqalar). Batumida Davlat qoʻshiq va raqs ansambli, xalq ijodi uyi, musiqa xoreografiya jamiyati bor. 1937-yildan Batumida I. Chavchavadze nomidagi teatr ishlab turibdi. Teat-rdagi Yu. Kobaladze, A. Mgeladze, N. Te-tradze kabi mashhur artistlarning ijodi diqqatga sazovor. 1980-yildan qoʻgʻirchoq teatri, 1993-yildan opera teatri ishlaydi. Batumi shahridagi oʻlkashunoslik muzey-ida A. aholisi etnografiyasiga oid buyum va ashyolar mavjud.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.