Ajanta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ajanta — Hindistonning gʻarbidagi shaharcha nomi bilan yuritiluvchi meʼmoriy majmua. Avrangoboddan shimoli-sharq, da, Mahorashtra shtatida. A. Vagxo-ra daryosi yoqasidagi tosh qoyalarga yasalgan 29 Budda ibodatxonalaridan iborat (mil. av. 2-asr- mil. 7-asr). Jami 29 ta gʻor ichiga zal ishlangan. A. majmuasi qad. xalq meʼmorligi uslubida yaratilgan. A.ning keyingi qurilgan qismlari haykallar va devoriy rasmlar bilan beza-tilgan. Ularda tantanali shodiyonalar va xalq sanʼati aks ettirilgan. Sanʼatkorlar haykaltaroshlik va rassomlik asarlariga xalq badiiy ijodiga xos realistik ruh va goʻzallik bera olganlar. Ad.: Tyulyayev S. I., Arxitektura Indii, M., 1939.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil