Ajamiy ibn Abubakr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ajamiy ibn Abubakr (12-asr 20-y.lari, Naxichevan — 13-asr boshi) — Ozarbayjon me’mori. Naxichevan me’morlik maktabi vakili. A. Yusuf ibn Qusayr maqbarasini (1161—62), Mu’mina xotun (Atobak) maqbarasini (1186), Naxichevandagi peshtoqlar bilan tutashtirilgan minoralarni qurgan. A.ning qurgan binolari mukammal qismlari mustaqil hal etilgan, bezaklari jozibali, A. binolari o‘rta asr Ozarbayjon me’morchiligida hamda Yaqin Sharq mamlakatlari me’morligi tarixida ko‘zga ko‘ringan obidalardan bo‘lib, shu xildagi binolar me’morligining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.