Ajal vodiysi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ajal vodiysi (DeathValley) -AQSH janubi-gʻarbida joylashgan Moxa-ve choʻlidagi (Kaliforniya shtati) togʻ oraligʻi botigʻi. Amargosa va Panamint tizmalari oraligʻidagi suvsiz joy. Uzunligi 250 km chamasida, maydoni qariyb 840 ming ga. Yer kurasidagi eng chuqur joylardan biri (dengiz sathidan 85 m past) va qaqragan choʻl. Shimoliy Amerikadagi eng past joy. Havoning mutlaq maksimum temperaturasi 56,7° (Gʻarbiy yarim sharda eng yuqori). 1849-yilda bu yerda bir guruh ol-tin qidiruvchilar tashnalikdan nobud boʻlganligidan vodiy shunday nom olgan. Milliy tabiat yodgorligi sifatida 1933-yildan muhofaza qilinadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil