Ajabsanda
Qiyofa
|
| |
| Turi | quyuq |
|---|---|
Ajabsanda — bugʻda pishiriladigan quyuq taom. Pishirish usuli: katta va kichik 2 ta idish olinadi. Kichik idishga masalliq toʻrtburchak qilib toʻgʻralgan kartoshka, sabzi, pomidor, piyoz, sarimsoq solinib, toʻgʻralgan goʻsht va yogʻlar qavat-qavat qilib joylanadi. Qavatlarning har biriga tuz, murch, zira va mayda to‘g‘ralgan ko‘katlar solinadi. Keyin masalliq idishi bilan katta idishdagi suvga qoʻyiladi. Kichik idish ochiq qoldiriladi, katta idish qopqogʻi jips yopiladi, 1,5-2 soat davomida qaynatiladi. Ajabsanda xushxoʻr, bugʻda pishgani uchun yaxshi hazm boʻladi, masalliqlar tarkibidagi vitaminlar, mineral moddalar, har xil kislotalar va boshqa foydali moddalar saqlanib qoladi[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Mahmudov K., Oʻzbek tansiq taomlari, T., 1989.-ref-OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ http://myp.uz/pazanda/index.php?option=com_content&task=view&id=87&Itemid=42[sayt ishlamaydi]
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Oziq-ovqatga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |