Aizuvakamatsu qal’asi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aizuvakamatsu qal’asi (yap. 会津若松城 aydzu vakamatsu-dzyo:) yoki Vakanatsu qal’asi (若松城 vakamatsu-dzyo:) — Fukusima maʼmuriy hududi Aizuvakamatsu shahridagi yapon oʻrta asr qal’asi. Tsuruga qal’asi (yap. 鶴ヶ城 tsuruga-dzyo:) degan nomi ham bor. Orta asr hujjatlarida „Kurokava qal’asi“ (yap. 黒川城) yoki Ayzu qal’asi (yap. 会津城 nomi bilan mashhur.

Aizuvakamatsu qal’asi Yaponiyaning milliy tarixiy yodgorliklari qatoriga kiradi[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qal’a 1384-yilda Asina Naomori boshchiligida Asina urugʻining mustahkamlangan punkti sifatida qurilgan.

1868-yilgacha u Aizu viloyatining maʼmuriy va harbiy markazi edi.

XVI-asr oxiri XVII-asr boshlarida bu istehkom navbatma-navbat Date, Gamo va Kato urugʻlari tasarrufiga oʻtgan.

Date Masamune besh yil davomida Ashina urugʻiga qarshi janglar olib bordi va 1589-yilda gʻalaba qozondi, qal’a uning mulkiga oʻtdi.

Ammo koʻpga emas, keyingi yil qal’a Toyotomi Xideyoshining mulkiga oʻtdi. 1592-yilda keyingi egasi Gamo Uzisato yetti qavatli bosh minorani qurib, qasrni taʼmirladi, unga „Tsuruga qal’asi“ nomini berdi[2]. Biroq, bu nom oʻrnashib qolmagan va qal’a ilgarigidek „Vakamatsu qal’asi“ deb atalgan.

1643-yilda Vakamatsu qal’asi Matsudaira urugʻining qarorgohiga aylandi va 1868-yilgacha ularning tasarrufida qoldi.

Edo davri monaynida qal’a Aizu Xonning markazi boʻlgan. Bosin urushi paytida qal’a hukumat qoʻshinlari tomonidan vayron qilingan. Xon Aizu imperatorga qarshi kurashganligi sababli, qal’aning asosiy minorasi 1874-yilda buzib tashlangan.

1950-1960 yillarda hokimiyat va Aizuvakamatsu aholisining tashabbusi bilan qal’a qayta tiklandi.

1963-yilda qal’aning asosiy minorasi temir-betondan qurilgan.

Hozirda minoradan muzey sifatida foydalanilmoqda, yuqori qavatda shaharga qaragan kuzatuv maydonchasi joylashgan boʻlib, u yerdan shaharni tomosha qilish mumkin.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Eric Obershaw. Aizu Wakamatsu Castle (англ.). Japanese Castles. Дата обращения: 25 июля 2008. Архивировано 15 марта 2012 года.
  2. „Turuga-jo Castle“ (en). Официальный сайт замка. 2012-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 25-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]