Air — Transport Europe

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Air — Transport Europe
IATA ICAO Identifikatori
EAT TRANS EUROPE
Tashkil topgan 1991-yil
Baza aeroporti Poprad  Slovakiya
Havo tuguni Poprad-Tatry
Sayti https://www.ate.sk/en/

Air — Transport Europe, toʻliq nomi Air — Transport Europe spol. s ro, qisqartirilgani ATE, Popradada joylashgan Slovakiya vertolyot aviakompaniyasi boʻlib. Kompaniya turli xil yuk tashish bilan shugʻullanadi: uning floti sanitariya aviatsiyasi sifatida ishlatiladi va qurilish ishlarida ham qoʻllaniladi. Kompaniya, shuningdek, Agusta va Bell kompaniyalarining vertolyotlariga, hamda, Mil va Kamov NTSV[1] ga xizmat koʻrsatadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kompaniya 1991-yilda Poprad mintaqasida (ayniqsa, Baland Tatrada) qutqaruv va havoda evakuatsiya qilish imkoniyatlarini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan. Xuddi shu yili kompaniya boshqa maqsadlar uchun havoda yuk tashish bilan shugʻullana boshladi (oʻrmon kesish, tuproqni ohaklash, qurilish, qishloq xoʻjaligi va boshqalar). Kompaniyaning shtab-kvartirasi Popradada joylashgan, uning filiallari (tez tibbiy yordam bazalari) shuningdek Bratislava, Nitra, Trencin, Zilina, Banska Bystrica va Koshitse[2], shuningdek Chexiyaning Olomouc va Ostrava[3][4] shaharlarida joylashgan[5].

2011- ildan beri Air-Transport Europe Xalqaro tog'larda qutqarish komissiyasi[en] aʼzosi hisoblanadi.

Bazalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Slovakiya[6][tahrir | manbasini tahrirlash]

Identifikator belgisi Viloyat Markaz Faoliyat boshlanishi
Krištof 01[cs] Bratislava viloyati Bratislava 1990-yil 15-oktyabr, 2001-yil 15-avgustdan ATE
Krištof 02[cs] Banska-Bistritskiy viloyati Banska Bsstrica 1989-yil 1-yanvar, ATE 2001-yil 15-avgust
Krištof 03[cs] Preshov viloyati Poprad 1987-yil 8-dekabr, 1995-yil 1-apreldan ATE
Krištof 04[cs] Kosice viloyati Koshice 1990-yil 1-avgust, 2006-yil 1-yanvardan boshlab ATE
Krištof 05[cs] Nitra viloyati Nitra 2006-yil 1-fevral, 2006-yil 1-fevraldan ATE
Krištof 06[cs] Jilinskiy viloyati Jilina 1991-yil 1-iyul, 2009-yil 9-noyabrdan ATE
Krištof 07[cs] Trencnin viloyati Trenchin 1991-yil, 2009-yil 10-dekabrda qayta ochildi

Chexiya Respublikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Identifikator belgisi Viloyat Markaz Faoliyat boshlanishi
Kryštof 09[cs] Olomouts viloyati Olomouc 1990-yil 1-oktyabr, 2017-yil 1-yanvardan boshlab ATE
Kryštof 05[cs] Moraviya-Sileziya viloyati Ostrava 1989-yil 1-avgust, 2021-yil 1-yanvardan boshlab ATE

Tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aviakompaniya faoliyatining dastlabki yillarida ATE Správa TANAP dan ijaraga olingan fransuz Aérospatiale Alouette III vertolyotidan, Sovet Mi-2 va Mi-8 dan, shuningdek Eurocopter AS 355[en] va PZL Kania dan foydalangan. 2003-yil mart oyida sinovdan oʻtkazilgandan soʻng kompaniya slovakiyaliklar Shveysariyadan sotib olgan yangi Agusta A109K2 ni olgan. Keyinchalik kompaniya Sovet Mi oʻrniga yana 8 ta vertolyot sotib olgan. 2014-yilda Bell 429[7] ikki dvigatelli yangi vertolyot foydalanishga topshirilgan. Mi-8 (borti OM-EVA) va Eurocopter AS 355[en] (OM-ATH borti) qutqaruv vertolyotlari tijorat maqsadlarida foydalanilyapti[8].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Who we are?“ (inglizcha). ATE. 12-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-may 2022-yil.
  2. „Company history“ (inglizcha). ATE. 12-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-may 2022-yil.
  3. „LETECKÁ ZÁCHRANNÁ SLUŽBA OSTRAVA - Kryštof 05“ (3-yanvar 2021-yil). 27-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyul 2021-yil.
  4. „S leteckou záchrankou bude z Olomouce létat slovenská ATE, už má smlouvu“ (cs). iDNES (15-noyabr 2016-yil). 18-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-may 2017-yil.
  5. „LETECKÁ ZÁCHRANNÁ SLUŽBA OSTRAVA - Kryštof 05“ (3-yanvar 2021-yil). 27-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyul 2021-yil.
  6. „Strediská“ (slovakcha). lzs.sk. 5-avgust 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-avgust 2011-yil.
  7. „BELL HELICOPTER TO DISPLAY FIRST SLOVAKIAN BELL 429 EMS AIRCRAFT AND FIRST BELL 407GX IN THE CZECH REPUBLIC AT EHS“ (inglizcha). Bell Helicopter Textron (2014-yil 19-iyun). 11-avgust 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2014-yil.
  8. „Источник“. 4-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-may 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]