Aidrus masjidi
Qiyofa
Masjid | |
Aidrus masjidi
جامع العيدروس | |
Joylashuvi | 12°46′21″N 45°02′11″E / 12.7724°N 45.0364°E |
Manzil | Crater, Aden, Yaman |
Yoʻnalishi | sunniylik |
Aidrus masjidi Vikiomborda |
Abu Bakr al-Aydarus masjidi yoki Aidrus masjidi (arabcha: جامع العيدروس </link>) – Yamanning Aden gubernatorligi Crater tumanida joylashgan masjid. Adendagi asosiy masjidlardan biri.
Dastlab 15-asr oxiri yoki 16-asr boshlarida qurilgan. 1859-yilda vayron boʻlgan. 1994-yil Yamandagi fuqarolar urushi paytida Shimoliy Yamandan kelgan islom fundamentalistlari masjidning katta qismini vayron qilgan, Qur’on nusxalarini yoqib yuborgan va uning hovlisidagi qabrlarni buzib tashlagan[1].
Masjid baʼzi Aden pochta markalarida tasvirlangan, masalan, 1938-yilgi 2 anna markasida[2].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yamandagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Daniel McLaughlin. Yemen: The Bradt Travel Guide. Bradt Travel Guides, 2007 — 185-bet. ISBN 978-1-84162-212-5. Qaraldi: 2013-yil 24-mart.
- ↑ Stanley Gibbons Ltd. Stanley Gibbons' Simplified Stamp Catalogue; 24th ed., 1959. London: Stanley Gibbons Ltd.' p. 1