Aholi xaritasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aholi xaritalari — aholining joylanishi va aholini joylashtirish, uning tarkibi va qayta tiklanishi, aholini koʻchirish va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarni koʻrsatadigan xaritalar. Aholi xaritalari hududni iqtisodiy geo-grafik baholash, xalq xoʻjaligini reja-lashtirish, ijtimoiy xizmat va madaniy qurilish masalalarini hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Aholi xaritalari — ni tu-zishda har xil xaritagrafik usullardan: belgilar, xaritadiagramma, hari-tagramma, chiziqli belgilar (epyuralar), nuqtalar, areallar va boshqalarlardan foydalaniladi. Aholi xaritalari mazmuniga koʻra aholining joylanishi va uni joylashtirish hari-talariga, demografik, etnografikan-tropologik va ijtimoiy-iqtisodiy xa-ritalarga boʻlinadi. Oʻzbekiston aholisi 1980-yilda Oʻzbekistonning oʻquv-oʻlkashunoslik atlasida, 1985-yilda 2 jildli Oʻzbekistonning ilmiy-maʼlumotnoma-li atlasida oʻz ifodasini topgan. Toshkentning 2000-yilligiga bagʻishlab nashr etilgan maxsus geografik atlasda Aholi xaritalari berildi. 1992-yil Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Geografiya boʻlimi 1:1 mln. mas-shtabli Oʻzbekiston aholisining milliy tarkibi xaritasini nashr etdi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil