Aholi haritalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aholi xaritalari – aholining joylanishi va aholini joylashtirish, uning tarkibi va qayta tiklanishi, aholini ko‘chirish va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarni ko‘rsatadigan xaritalar. Aholi xaritalari hududni iqtisodiy geo-grafik baholash, xalq xo‘jaligini reja-lashtirish, ijtimoiy xizmat va madaniy qurilish masalalarini hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Aholi xaritalari – ni tu-zishda har xil xaritagrafik usullardan: belgilar, xaritadiagramma, hari-tagramma, chiziqli belgilar (epyuralar), nuqtalar, areallar va boshqalarlardan foydalaniladi. Aholi xaritalari mazmuniga ko‘ra aholining joylanishi va uni joylashtirish hari-talariga, demografik, etnografikan-tropologik va ijtimoiy-iqtisodiy xa-ritalarga bo‘linadi.O‘zbekiston aholisi 1980 yilda O‘zbekistonning o‘quv-o‘lkashunoslik atlasida, 1985 yilda 2 jildli O‘zbekistonning ilmiy-ma’lumotnoma-li atlasida o‘z ifodasini topgan. Toshkentning 2000 yilligiga bag‘ishlab nashr etilgan maxsus geografik atlasda Aholi xaritalari berildi. 1992 yil O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Geografiya bo‘limi 1:1 mln. mas-shtabli O‘zbekiston aholisining milliy tarkibi xaritasini nashr etdi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil