Ahmadjon Qoʻshnay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ahmadjon Qoʻshnay (Umrzoqov) (1888, Qoʻqon – 1959.7.11, Toshkent) — xalq sozandasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan san’at arbobi (1944). Mehnat Qahramoni (1930). Roʻzimat Mehtar, Hamroqul Surnaychi, Xoliq Qoʻshnaychilarning shogirdi. Bayot, 863Dugohi Husayniy, Ushshoq kabi maqom yoʻllarida Muhammad Umar, Abdukahhor Hofiz, Abdurahmon hoji, Nazirxon, Shobarot tanburchilarning joʻrnavozi. 1917-yildan soʻng Hamza Hakimzodaning "Sayyor truppa"sida ishlagan. Hamzaning "Zaharli hayot", "Fargʻona fojiasi", "Pochcham keldi", "Roʻziqul kal", "Qalampir Hoji", "Tuhmatchilar jazosi" asarlariga musiqa bastala-gan. 1926-yildan "Etnografik truppa"da, Musiqa va xoreografiya instituti (1928, Samarqand)da, keyinroq Oʻzbek musiqa teatri (Samarqand, 1927 – 30)da xiz-mat qilgan. 1935-yilda Kurd, Eshvoy, Karimqulbegi, Metro, Daromadi Ushshoq, Dugohi Husayniy, Bachavotir, Mirzadav-lat, Shodiyona kabi soz yoʻllarini ijro etib, gramplastinkalarga yozdirgan. U Muqimiy nomidagi musiqali drama va komediya teatrini tashkil etishda ish-tirok etgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida Yangiyoʻldagi musiqali drama va komediya teatrida ishlagan. Uning repertuarida 200 ga yaqin kuy boʻlgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil