Ahmad polvon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ahmad polvon (Tolibboyev) (1865 – Toshkent shahri Shayxontohur mav-zei – 1914) –mashhur o‘zbek polvoni. Yoshligidan kurashga qiziqdi. 1895 yil mashhur nemis polvoni Rippel (vazni 133 kg) Toshkentga kelganda u bilan sirkda bellashdi va yengdi. Kuragi yerga tegmay yurgan quvalik Xo‘ja polvon ham Ahmad polvonga bas kelolmaydi (1904 yil). Ahmad polvon birinchi bor fransuzcha kurash musobaqasida ish-tirok etib, 1911 yil Germaniya chempioni Gyugner ustidan g‘alaba qozondi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil