Ahmad ibn Muso ibn Shokir
Ahmad Ibn Muso Ibn Shokir (IX asr) — astronom. Ahmad al-Fargʻoniy zamondoshi, tarixda Muhammad va Hasan ibn Muso ibn Shokir nomi bilan mashhur boʻlgan uch aka-uka hayʼatshunos (munajjim)larning biri. Aka-ukalari qatorida Ahmad Ibn Muso Ibn Shokir M. Maʼmun akademiyasi hisoblangan „Bayt ul-hikmat“da ishlagan vaqnida Vizantiyadagi yunoncha qoʻlyozma manbalarni koʻrish uchun uyushtirilgan ekspeditsiyada qatnashgan. U Ahmad al-Fargʻoniy rahbarligida aka-ukalari bilan Sanjar sahrosi va Kufaning Tot degan joyida xalifa Maʼmunning topshirigʻi bilan yer meridiani boʻylab kenglik darajalari orasini muvaffaqiyatli ravishda oʻlchagan. Aka-ukalar Bagʻdoddagi Bob ut Toq (Toq darvozasi) degan joy 33°20’ shimoliy kenglikda ekanligini juda toʻgʻri aniqlashgan. Ahmad Ibn Muso ibn Muso ibn Shokir „Kitobi Maʼrifat misohat il-ashkol il-basita valquraviya“ („Yumaloq va tekis shakllarni oʻlchashni oʻrganish“) nomli 18 bobdan iborat asar muallifi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |