Ahmad bin Ibrohim Musuhiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ahmad bin Ibrohim Musuhiy“Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Kunyasi – Abu Ali. Bagʻdod tasavvuf maktabining yirik namoyandasi. Sariy Saqatiy va Hasan bin Ali Musuhiyning shogirdi. Doim bitta rido bilan yurgani uchun “Musuhiy” (musuh – rido) nomi bilan mashhur boʻlgan. Shomdan Makkagacha roʻzador holatda borgan.

Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomuisy lug'at. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.