Ahmad Mirzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ahmad Mirzo (1388– 1425) – Temuriylardan. Umarshayx mir-zo bahodirning ukasi. Amir Temurning Xitoyga qilgan yurishida qo‘shinning o‘ng qanotiga Xapil Sulton bilan birgalikda rahbarlik qilgan. Amir Temur vafotidan so‘ng Shohrux saroyida bo‘lgan. 1409 yil Shohrux farmoniga ko‘ra amir Xudoydod va Saydi Ahmad mirzolar bilan birgalikda Hisor viloyatidagi isyonni bostirishda qatnashgan. 1409 yil Movarounnahr 862Shohrux qo‘liga o‘tgach, Farg‘ona viloya-ti Ah.(M.) m.ga berilgan. U Farg‘onada obodonchilik ishlarini rivojlantirgan, istehkomlarni ta’mirlagan, shuningdek o‘z navkarlari bilan Shohruxning harbiy yurishlarida qatnashib turgan. 1413 yil Ulug‘bek harbiy kengash bahonasida AhDM.) m.ni Samarqandga taklif qilgan, biroq u Ulug‘bekning fe’lidan hadiksirab Samarqandga kel-magan. Shundan so‘ng Ulug‘bek Andijonga qo‘shin tortib Andijon, Axsilarni egallaydi. Ah.(M.) m. tog‘ga yashiringan va Mo‘g‘ulistondan madad uchun kelgan lashkar bilan Andijonga yurish qilib O‘sh atrofida Ulug‘bek amirlari ustidan g‘alaba qozonadi. Shundan so‘ng Ah-(M.) m. Mo‘g‘uliston xoni Muhammadxon huzuriga – Qashqarga ketgan. Shohrux 1415 yil 26 mayda Ah-(M.) m. ga maktub yo‘llab uni o‘z huzuriga chaqirtiradi. Ah.(M.) m. 1416 yil Qa-shqardan Hirotga qaytib kelgan, uni Hirotdan tashqariga chiqarmasdan nazorat ostida saqlaganlar. Saltanatni qo‘lga kiritish uchun tuzgan rejasi osh-kor bo‘lib qolgach, Ah-(M.) m.ni Mak-kaga, Ka’batullo ziyoratiga jo‘natishga far-mon berilgan. Ah.(M) m. hajdan qaytib kelmagan.Turg‘un Fayziyev.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil