Ahmad Ibrohimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ahmad Pochchayevich Ibrohimov (1928.12.12, Turkiston) — biokimyogargenetik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), biol. fanlari doktori (1966), professor (1969). Toshkent farmatsevtika institutini tugatgan (1950). Samarkand qishloq. xoʻjaligi instituti organik va biol. kimyo kafedrasida dotsent, kafedra mudiri (1954—57). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1967—71), ayni vaqtda nuklein kislotalar laboratoriya mudiri (1967 — 76), 1996 yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Usimliklar eksperimental biologiyasi instituti (1997 yildan Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti) da gʻoʻza molekulyar genetikasi laboratoriya mudiri. Ilmiy ishlari gʻoʻza turlari va navlarida oqsil va nuklein kislotalar biosintezining molekulyargenetik xususiyatlari, gʻoʻzaning vertitsillyoz viltga chidamligini oshirishning nazariy masalalariga bagʻishlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Molekulyarnogeneticheskiye osobennosti ustoychivosti xlopchatnika k viltu. T., 1978; Biosintez belkov i nukleinovix kislot xlopchatnika v ontogeneze, T., 1986.