Ahl ul-kitob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ahl ul-kitob (arab. – kitob ahli, mazmunan o‘z diniy kitobiga ega bo‘lgan xalqlar)– islom aqidasiga ko‘ra, haqiqiy dindorlar (musulmonlar) va "g‘ayridin" majusiylar o‘rtasidagi odamlar toifasi. Ular o‘zlariga yubo-rilgan muqaddas kitoblar matnini buzganlar; Muhammad (sav) va uning oxir-gi payg‘ambarlik vazifasi to‘g‘risida eslatilgan gaplar chiqarib tashlangan. A. ul-k.ga xristianlik va yahudiylikka e’tiqod qiluvchilar kiritilgan. Musul-monlar umuman A. ul-k.ga sabr-toqatli munosabatda bo‘lib kelganlar. Bu hol musulmonlar bilan boshqa dindagilar o‘rtasida kelishuv va tinch munosabatlar o‘rnatilishiga imkon bergan, hozir islom davlatlari bilan xristian davlatlari o‘rtasida muloqot olib borish uchun g‘oyaviy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil