Agrometeorologiya stansiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agrometeorologiya stansiyasi — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga gi-drometeorologiya xizmati koʻrsatadigan ixtisoslashgan boʻlinma. Agrometeorologiya stansiyasining asosiy vazifasi standartli, rejim-li, meteorologik va agrometeorologik kuzatishlar; maxsus tematik kuzatishlar; qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga tezkor xizmat koʻrsatish (ob-havo va agrometeorologik prognozlarni yetkazib berish); noqulay ob-havo hodisalari haqida shoshilinch ogohlantirish; ekinlarning oʻsish va ri-vojlanishining agrometeorologik sha-roitlari haqida maʼlumotnoma; iqlim resurslaridan unumli foydalanish uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini va ekin-zorlarni joylashtirishni optimal re-jalash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish va sh.k.; oʻziga birkitilgan maxsus stansiya va postlar bajaradigan ishlarga ilmiy tadqiqot instituti b-i hamkorliqda uslubiy rahbarlik qilish; yangi va takomillashgan kuzatish usullarini, yangi asboblarni sinovdan oʻtkazish, mavjudlarini takomillashtirish va hokazo dan iborat. Umumiy rejimdagi Agrometeorologiya stansiyasi dan tashqari maxsus, alohida ekinlar, mas, gʻoʻza boʻyicha kuzatish olib boradigan ixtisoslashtirilgan stansiyalar ham mavjud (Oʻzbekistonda — Dahbed, Gʻallaorol, Tojikistonda — Hisor, Tur-kmanistonda — Yoʻloʻtan va Ozarbayjonda — Jaʼfarxon stansiyalari). Toʻplangan maʼlumotlar qishloq xoʻjaligini agrometeorologik axborot bilan taʼminlashda, agrometeoro-logik qoʻllanmalar, prognozlar, maʼlumotnomalar va agrometeorologik tavsiyalar (defoliatsiya muddatlari, birinchi mashina terimini ob-havo sharoitiga va koʻsaklarning ochilganiga qarab bel-gilash va hokazo) tuzishda foydalaniladi. Oʻzbekistonda 62 meteorologiya va 2 Ag .m. stansiyalari ish olib boradi (1999).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil