Agrometeorologik xizmat koʻrsatish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Agrometeorologik xizmat koʻrsatish – qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining barcha bo‘g‘inlarini turli gidro va agrometeorologik axborotlar bilan tezkor ta’minlash. Agrometeorologik xizmat koʻrsatish k. majmuiga oldindan turli muddat uchun beriladigan ob-havo (bir oylik, 10, 7, 3 kunlik, sutkalik) prognozlari, ob-havoning xa-tarli hodisalari haqida ogohlantirish, ob-havo sharoitlari hamda ularning qishloq xoʻjaligi o‘simliklari rivojlanishiga va hosilning shakllanishiga, o‘tkaziladigan agrotexnik tadbirlarga ta’siri va boshqa haqidagi agrometeorologik ma’lumotlar va hokazo kiradi. Axborotlar kundalik, besh kunlik, haftalik va o‘n kunlik sharh (byulleten)larda, shuningdek muhim yilnomalar shaklida, ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan davr yoki ob-havo sharoiti noqulay keladigan davr uchun agrometeo-rologik ma’lumotlar umumlashtirilgan maxsus ma’lumotnomalar tarzida hamda agrometeorologik omillarning ko‘p yillik rejimi haqida ma’lumotlar bo‘lgan rejimli yoki agroiqlimiy axborotlar shaklida bo‘ladi. Agrometeorologik xizmat koʻrsatish mutaxassislari va rahbarlari bu ma’lumotlardan mavjud va kutilayotgan agrometeorologik sharoitni hisobga olgan holda ekish, sug‘orish, oziqlantirish, qator oralariga ishlov berish, yig‘im-terim ishlari va boshqa tadbirlarning muddatlarini rejalash-tirishda foydalanadilar. Agrometeorologik xizmat koʻrsatish k. mijozlarning joylashgan joyi, axborotning ko‘lami va uni yetkazib berish muddatlari ko‘rsatilgan rejaga muvofiq amalga oshiriladi. O‘zbekistonda qishloq xoʻjaligiga Agrometeorologik xizmat koʻrsatish k. 1921 yil Toshkentda Turkiston meteorologiya instituti (Turkmet) tashkil etilishidan boshlangan. 1925 yildan bu institut O‘rta Osiyo meteorologiya instituti (Sredazmet) deb atalgan. In-tining asosiy vazifasi qishloq xoʻjaligini ekinlarning holati va rivoj-lanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash, hududning mavjud ob-havo sharoitlari va iqlim resurslaridan ratsional foydalanish, ob-havoning xa-tarli hodisalaridan qishloq xoʻjaligi ob’ektlarini muhofaza qilish tadbirlari va boshqa bo‘ldi. O‘zbekistonda Agrometeorologik xizmat koʻrsatish k. Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi ("Boshgidromet") va agrometeorologiya postlari tomonidan olib boriladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil