Agrometeorologik monitoring

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

AGROMETEOROLOGIK MONI-TORING — iqlimning antropogen omillar taʼsirida oʻzgarishiga qarab agroiqlimiy resurslarni va ekinlarning hosildorligi oʻzgarishlarini baholash tizimi. Iqlimning oʻzgarishi hududlarda ahrli zichligining oshishi, hududlarni sugʻorish, mintaqalarning choʻlga aylanishi, transport, kimyo va boshqa korxonalarning faoliyati taʼsirida sodir boʻladi. Antropogen omillar taʼsirida harorat va yogʻinlar oʻzgaradi. Masalan, hozir antropogen omil taʼsirida baʼzi joylarda harorat 3 — 4, yogʻin miqdori esa 50% gacha oshishi natija-162sida vegetatsion davrning oʻzgarishi ham taxmin qilinmoqda. Natijada umumiy hosildorlik 10 — 30% ga kamayishi mumkin. Ag. m. tizimini tuzishda bunday oʻzgarishlar hisobga olinadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil