Agrokimyoviy haritagramma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Agrokimyoviy haritagramma – tuproqning o‘simliklar oziqlanadigan elementlar bilan ta’min-langanlik darajasini ifodalovchi xarita-sxema. Agrokimyoviy xaritagramma tuzishda tuproqlar tarkibidagi o‘simliklar o‘zlashtira oladigan shakldagi fosfor va kaliy, mikroelementlar va boshqa miqdoriga ko‘ra 5 161guruhga ajratiladi (azotni aniqlash kam qo‘llaniladi). Agrokimyoviy xaritagramma tuzish uchun maydoni 5 – 20 ga li raqamlangan maydonlardan olingan aralash tuproq namunalari tahlili natijalaridan foydalaniladi. Namuna haydalma qatlamning 20 joyidan (diagonali yoki o‘qi bo‘yicha) 300 – 400 g miqdorda olinadi. Ayni paytda haydalma qatlam ostidan (30 – 40 sm chuqurlikdan) olingan alohida tuproq namunalari g‘am o‘rganiladi. Barcha ara-lash tuproq namunalaridagi harakatchan fosfor va kaliy miqdori aniqlanadi. Taxlil natijalariga qarab Agrokimyoviy xaritagrammalar tu-ziladi. Haritaga tushuntirish tuziladi, xo‘jalik haqidagi ma’lumotlar, agroki-myoviy tekshirish natijalari, mineral o‘g‘itlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.Respublika "O‘zdaverloyiha" instituti beradigan xo‘jaliklarning yerlaridan foydalanish tarxlari Agrokimyoviy xaritagrammalar tuzish uchun xaritagrafik asos bo‘lib xizmat qiladi. Ularning masshtabi sug‘oriladigan yerlar uchun 1:10000, lal-mi yerlar uchun 1:25000. Ilmiy tavsiyalarga ko‘ra har 5 yilda tuproqning agro-nomik holati tekshiriladi va yangi Agrokimyoviy xaritagramma tuziladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil