Agrokimyo xizmati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Agrokimyo xizmati – dehqonchilik va chorvachilikda o‘g‘itlar va boshqa kimyoviy vositalardan samara-li hamda oqilona foydalanish bo‘yicha qishloq xoʻjaligi ga agrokimyo xizmati ko‘rsatishning ilmiy-ishlab chiqarish tizimi. O‘zbekistonda Agrokimyo xizmati MTSlarda agrokimyo laboratoriyalari tashkil etilishi (1931) bilan boshlangan. MTSlar tugatilganidan keyin (1958) Agrokimyo xizmati tuman qishloq xoʻjaligi inspeksiyalari, keyinchalik qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish boshqarmalari ix-tiyoridagi agrokimyo laboratoriyalari orqali olib borildi. Keyinchalik yagona davlat Agrokimyo xizmati tizimi tashkil etildi. 1992 yildan O‘zbekistonda Agrokimyo xizmati ko‘rsatish bo‘yicha respublika ishlab chiqarishilmiy birlashmasi ("O‘zqishloqkimyo") mustaqil ish boshladi (1994 yildan "Uzagrokimyoservis" davlat-aksiyadorlik uyushmasi). Respublikada 1997 yildan qishloq xoʻjaligi ga mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilish vositalari, o‘sish stimulyatorlari, meliorantlar, mi-neral ozuqalar yetkazib berish bilan bog‘liq xizmatlarni "O‘zkimyosanoat" uyushmasi tarkibidagi "O‘zagrokimyota’minot" davlat-aksiyadorlik birlashmasi baja-radi. O‘simliklar kasalliklari va za-rarkunandalarini kuzatish, o‘rganish va protnozlash, o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha aholiga va qishloq xoʻjaligi korxo-nalariga xizmat ko‘rsatish, chigirtkaga qarshi kurash tadbirlarini Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agroki-myoviy tadqiqotlar markazi amalga oshiradi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil