Agroiqlim xaritasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agroiqlim xaritasi — qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonida iqlim sharoitlari va ularning oʻzaro mu-nosabatini ifodalovchi xarita. Agroiqlim xaritasida muayyan hududning agroiqlim majmuasi, ayrim ekinlarning koʻkarishi uchun zarur iqlim sharoiti, qishloq xoʻjaligida muhim ahamiyatga ega boʻlgan ayrim iqlim sharoiti, mas, faol temperatura yigʻindisi, tuproqdagi foydali nam miqdori; qishloq xoʻjaligi uchun xavfli iqlim hodisalari, oʻsimlikning oʻsuv davri, qishloq xoʻjaligi ishlarini oʻtkazish muddatlari va boshqa koʻrsatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil