Agrofon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agrofon (yun. agros — dala, lot. fundus — muhit) — tuproqning fizik va kimyoviy xossalari, unumdorligi jihatidan agronomiya talablariga mos holati; tuproqning agronomik xossalari majmui. Har bir uchastkaning A. ini bilish qishloq xoʻjaligi ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish uchun agrotexnika hamda me-liorativ tadbirlar majmuini toʻgʻri va tabaqalab amalga oshirish imkonini beradi. A. kjeak yoki past darajada boʻlishi mumkin. Ekinlarni toʻgʻri almashlab ekish, mahalliy va mineral oʻgʻitlardan unumli foydalanish, qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirish texnologiyasiga toʻgʻri amal qilish yoʻli bilan yuksak A. bar-po etiladi. Mas, yuksak A. sharoitlarida gʻoʻza serhosil, sogʻlom oʻsadi, kasallik va hasharotlarga chidamli boʻladi, tola va chigit sifati yaxshilanadi. Agrofon ishlarida tadqiqot maqsadlariga qarab A. sunʼiy yaratiladi. Seleksioner olimlar yangi nav yaratishda va urugʻchilik ishlarida maxsus tayyorlangan A.larda ish olib boradilar.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil