Agrofirma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agrofirma — mahsulot ishlab chiqarish, uni qayta ishlash va sotish, xizmat koʻrsatish tizimidagi korxonalarni yagona boshqaruv asosida birlash-tirgan agrosanoat korxonasi. A. qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ish-lash va yetkazib berish jarayonlaridagi barcha ishlarni yaxlit tizim orqali oʻz vaqtida muvofiqlashtirish, mehnat unumdorligini koʻtarish, xom ashyo no-budgarchiligini kamaytirish, shuningdek koʻrilgan foyda hisobidan yirik investitsiyalarni amalga oshirish hamda foydani A. tarkibidagi korxonalar oʻrtasida taqsimlashga imkoniyat yaratadi. A. mahalliy resurslardan unumli foydalanishni taʼminlaydi, uning tar-kibiga yordamchi tarmoqlar va kichik kor-xonalar ham kirishi mumkin. Oʻzbekistonda xukumat farmoyishi bilan keyingi yillarda „Beshariq“ (Fargʻona viloyati), „Oqoltin“ (Sirdaryo viloyati), „Romitan“ (Buxoro viloyati) va boshqa A.lar tashkil etildi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil