Agroelektronika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agroelektronika — agro-axborotlarni toʻplash va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini boshqarishga oid elektronika bilimlari va vositalari majmui. Asosiy vazifalari: qishloq xoʻjaligi boshqaruvi va hisob-kitob ishlarini kompyuter zan-jirlari orqali tahlil etish; tuproqning mexaniq fizik-kimyoviy parametrlarini tezkor usullarda aniqlash va ulardan amalda foydalanish; issiqxonalar, omborlar, chorvachilik ishlari va dehqonchilik mahsuloti ishlab chiqarish texnologi-170yasini mikroelektron asboblar yordamida boshqarish; maxsus A. qurilmalarini loyihalash va yaratish, ulardan agronomiya ishlarida kengroq foydalanish; avtomat-lashgan maxsus ilmiy-texnik agroaxbo-rot markazlarini tashkil etish va ularga xizmat koʻrsatish; qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sifat koʻrsatkichlarini aniqlash va tahlil qilishning tezkor usullarini yaratish; qishloq xoʻjaligi ekologiyasiga oid ishlarni oʻrganishning elektron usullarini yaratish va boshqa Asosiy maqsadi — qishloq xoʻjaligini elektronlashtirish tizimlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish. A. mikroelektronikaning yutuqlari asosida rivojlanib, dehqonchilik ishlarini kengaytirish va hosildorlikni boshqarishda qoʻllanilmoqda. Turli mikroelektron datchiklar, elektron boshqaruv tizimlari, kompyuterlar va maxsus elektron qurilmalar A.ning texnikaviy asosini tashkil etadi. Rivoj-langan mamlakatlarda A. qurilmalari qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida keng qoʻllaniladi. Hozirgi vaqtda A. asbobsozligiga toʻla asos yaratilgan, turli mikroelektron oʻlchov asboblari, uzoqdan turib boshqarishning yirik elektron tizimlari, qishloq xoʻjaligiga oid ilmiy-texnika axborotlarini toʻplash, saqlash va ishlov berishga doir kom-pyuterlashtirilgan murakkab tizimlar yaratilgan boʻlib, hosildorlikni oshirishda, sugʻorish tizimlarini takomil-lashtirishda va boshqa iqtisodiy masalalarni hal etishda ijobiy rol oʻynamoqda. Biroq Oʻzbekistonda ommaviy tarzda qoʻllanilganicha yoʻq. Bionika qurilmalarining yaratilishi natijasida A. istiqbolda yanada ri-vojlanadi va hosildorlikni oldindan boshqarish va oshirish texnologiyasi yara-tiladi. Bionikaga asoslangan A. kela-jak fanidir.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil