Agrobiotsenoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agrobiotsenoz (yun. agro… va biotsenoz) — odamning dehqonchilik yuritish jarayonida (qishloq xoʻjaligi ekinlari ekish, bogʻlar barpo etish va boshqalar) tarkib topgan muayyan hududlar (maydonlar)dagi har xil oʻsimlik va hayvon (mikroorganizm)lar jamoasi. A. organizmlarning tabi-iy jamoadan farqi shundaki, uni tash-kil qiluvchi komponentlarning soni, rivojlanish intensivligi va yashash muddati doimo inson faoliyati taʼsirida boʻladi. A. hayvonot olami, asosan hasharotlardan (koʻpchiligi zararkunanda) iborat. Muayyan turdagi begona oʻtlar bilan birga tirik organizmlarning shak-llanishida madaniy oʻsimliklar belgilovchi shart-sharoit hisoblanib, A.ning energetik asosini tashkil etadi. Nati-jada har bir madaniy oʻsimlik turiga xos A. hosil boʻladi. A. flora va faunani anchagina oʻzgartirib yuboradi, shuning uchun ratsional A. yaratish uning kompo-nentlarini aniq hisobga olishni, ular sonini boshqarishda ilmiy asoslangan usullarni qoʻllashni, kimyoviy vositalar (oʻgʻitlar, pestitsidlar va boshqalar)dan toʻgʻri foydalanishni talab qiladi (yana qarang Bio-geotsenoz, Fitotsenoz).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil