Agrikola Georg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agrikola Georg (haqiqiy familiyasi Bauyer; lot. agricola — dehqon, nem. bayer soʻzining tarjimasi) (1494.24.3 — 1555.21.11) — kon va metallurgiya boʻyicha nemis olimi (asli vrach). 1527 — 31 ylarda Yaximov shahrida (Chexiya), 1533-yildan Xemnits shahrida (Saksoniya) yashagan. A. Yevropada birinchi boʻlib „Konchilik ishlari haqida…“ (1550; 12 ki-tob, 1556-yilda nashr qilingan) asarida konchilik-metallurgiya ishlab chiqarishni jarayonlar boʻyicha umumlashtirgan. Bu asar 18-asr gacha geol., konchilik ishlari va metallurgiya boʻyicha asosiy qoʻllanma boʻlib keldi. A. qariyb 20 ta yangi mineralning tavsifini bergan va tashqi koʻrinishidan aniqlash me-todini ishlab chiqqan. Metall va mine-rallarning shifobaxsh xususiyatlarini tadqiq etgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil