Agrar tanglik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agrar tanglik — qishloq xoʻjaligida yuz be-radigan iqtisodiy inqiroz. Uning mahsulotlarni koʻp ishlab chiqarish tufayli yoki mahsulotlarni kam ishlab chiqarish oqibatida yuz be-radigan koʻrinishlari bor. Birinchi turdagi Agrar tanglik sababi bozor iqtisodiyotidagi noaniqlikning bulishidir, buning na-tijasida talab va taklif muvozanati buziladi. Talab ortib borganda narx koʻtarilib xoʻjaliklar foydani koʻp koʻradilar, ular ishlab chiqarishni kengaytiradilar, mahsulotlar haddan ortiq koʻpayib ketib, ularning taklifi talabdan oshib boradi. Mahsulotlarning bir qismi so-tilmay qoladi yoki oʻta past narxda sotiladi. Bozorning kasodligi dehqonlarni ogʻir ahvolga solib qoʻyadi, ular i.ch-.ni qisqartirishga majbur boʻladilar, oʻz sarf-harajatlarini qoplay olmay xona-vayron boʻladilar. Shunday tangliklar 15420-asr mobaynida bir necha bor yuz bergan. Uning eng dahshatlisi 1929 — 32 yillardagi tanglikdir. Bu Agrar tanglik butun du-nyodagi mamlakatlarni, qishloq xoʻjaligining barcha tarmoqlarini chulgʻab oldi. A. T.ning ikkinchi turi agrar muno-sa-batlar eskirib qolganda, ular ishlab chiqarishni ragʻbatlantirmay qoʻyganda yuz beradi. Dehqonlar mahsulotni koʻpaytirishdan manfaatdor boʻlmay qoladi, chunki ularning daromadi qisqarib ketadi. Bo-zor narxlarining oʻzgarishi dehqonlar zarariga boʻladi, yaʼni dehqonchilik mahsuloti narxiga nisbatan sanoat mahsuloti narxi tez oʻsadi. Natijada dehqonlar sanoat mahsulotini olish uchun oʻz mahsulotini tobora koʻproq so-tishga majbur boʻladilar. Bunday Agrar tanglik dan chiqish uchun qishloq xoʻjaligi isloh etiladi: yerga mulkchilik oʻzgartiriladi, yer dehqonlar mulkiga aylantiriladi, ijarachilikka keng yoʻl beriladi, serkapital inshootlar (irrigatsiya), yoʻllar va energetika sohalari davlat hisobidan rivojlantiriladi va hokazoRivojlangan mamlakatlarda Agrar tanglikni bartaraf etish uchun qishloq xoʻjaligi boʻyicha maxsus qonunlar qabul qilingan boʻlib, dav-lat qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish mumkin boʻlgan narxlarning eng quyi chegarasini belgilab qoʻyadi („fermerlarni qoʻllab-quvvatlash narxi“), ortiqcha qishloq xoʻjaligi mahsulotini xarid etib, uning zaxiralarini tashkil etadi, ortiqcha mahsulotni bozorga chiqarmay turgan yoki ekin maydonini bozorga qarab qisqartirgan fermerlarga subsidiya beradi va boshqa Qishloqdagi mulkiy munosabatlar va xoʻjalik yuri-tish usullarini oʻzgartirish ishlab chiqarishni ri-vojlantirib, A.t-.dan chiqish imkonini beradi. Ahmadjon Oʻlmasov, Erkin Yusupov.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil