Agrar masala

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Agrar masala – qishloq xoʻjaligida yerga egalik qilish, yerdan foydalanish, xo‘jalik yuritish usullari yuzasidan paydo bo‘lgan va har bir davrda o‘z yechimini talab qiluvchi masala. Agrar masala qishloqdagi agrar munosabatlar taraqqiyotga to‘sqinlik qilgan kezlarda paydo bo‘ladi, uni hal etish taraqqiyot omili hisoblanadi. Yer eng noyob va beta-kror iqtisodiy resurs, uni yangidan yaratib bo‘lmaydi, uni saqlab, undan avaylab foydalanish asosida samarali xo‘jalik yuritish mumkin. Yerga mulkchilik shakli undan yaxshi foydalanishga imkon ber-may qo‘yadi, xo‘jalik yuritish usullari eskirib qoladi, ularni yangilash zarurati Agrar masalani yuzaga chiqaradi, chunki yerda mehnat qiluvchilar yer mulkidan mahrum bo‘ladilar, yer unda ishlovchilardan aj-ralib qoladi, xo‘jalik yuritmay yerni ijaraga beruvchi zamindorlar yerning holatiga befarq qaraydilar, yer o‘z egasini topmay qoladi. Yer egasiz bo‘lganidan tuproq hosildorligi va qishloq xoʻjaligi unumdorligi pasayadi – qishloq xoʻjaligida inqiroz yuz beradi. Uni bu holatdan chiqarish uchun Agrar masalani yechish kerak bo‘ladi. Agrar masala agrar islohotlar asosida hal etiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil