Agrafiya
Qiyofa
Agrafiya (yunoncha – inkor qoʻshimchasi va graphio – yozaman) – yozish qobiliyatining yoʻqolishidan kelib chiqadigan nutqning buzilishi. Bosh miya chap yarim sharidagi chekka yoki tepachakka qismining rivojlanmay qolishi yoki zararlanishi oqibatida vujudga keladi. Odatda afaziya bilan birga kechadi. Agrafiyada bemor soʻzda harflarni qoʻshib oʻqish qobiliyatini yoʻqotadi yoki yozganda boʻgʻinlar oʻrnini almashtirib qoʻyadi, yoki boʻgʻinlarni umuman tushirib qoldiradi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |