Agop Handanyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dr. Agop Handanyan (Յակոբ Հանտանեան , 1834, Diyarbakir, Usmonli imperiyasi — 1899 yil 30 oktyabr Istanbul, Usmonli imperiyasi) taniqli shifokor, yozuvchi, tarjimon, professor va Usmonlidagi birinchi ilmiy turdagi kitob muallifidir[1] Uning asli kelib chiqishi arman hisoblanadi.[2]

Agop Handanyan Diyorbakirda tugʻilgan, lekin 5 yoshida Konstantinopolga (Istanbul) koʻchib oʻtgan edi. U dastlab Üsküdardagi Jemaran arman maktabida tahsil oladi. O‘rta maktabni tugatgach, shifokorlik faoliyatini boshlaydi. 1860 yilda Usmonlilar imperiyasidagi birinchi tibbiyot maktabi Mekteb-i Tıbbiye-i Shahaneda taʼlim oladi. 1878 yilda Usmonli arman professori Servichan Afandi isteʼfoga chiqishga qaror qilganida, Harbiy Tibbiyot Akademiyasi professori etib tayinlanadi. Keyinchalik Fuqarolik tibbiyoti maktab kengashining umumiy arxivida ishlaydi.

Tarjimalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransuz tilini yaxshi bilgan doktor Agop Handanyan fransuzcha tibbiyot kitoblarini Usmonli turk tiliga tarjima qilish bilan shugʻullanib keladi. U birinchi marta 1875 yilda Jozef Briand va Ernest Chaude kitoblarini fransuz tilidan ingliz tiliga tarjima qilgan edi. Keyinchalik, 1877 yilda fransuz tilidan tarjima qilingan „Tıbb-ı Kanuniy“ asarini yozadi. Shundan soʻng 1885 yilda „Kimyo-yi Kanuniy“ nomli toksikologiya oid tadqiqotlarini jamlaydi. Bu kitoblar Usmonli davlati tarixidagi dastlabki tibbiyot kitoblari hisoblanadi.[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Osmanlı'da asayiş, suç ve ceza : 18.-20. yüzyıllar (Türkçe). İstanbul: Türkiye Ekonomik ve Toplumsal Tarih Vakfı, 2007 — 107 bet. ISBN 9789753332156. 
  2. Türk kimya eserleri bibliyografyası: (basmalar 1830-1928) ve modern kimya biliminin Türkiye Cumhuriyetinin kuruluşuna kadar olan durumu ve gelişmesi (Türkçe). İslâm Tarih, Sanat, ve Kültür Araştırma Merkezi, 1985 — 19 bet. 
  3. „Yurdumuzda Adli Tıp Öğretimi“ (Türkçe). I.T.U. - Istanbul University Tip Fakueltesi. 9 mayıs 2007da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26 kasım 2012.