Agglyutinatsiya
Agglyutinatsiya (lotincha: agglutina-tio -yopishish) — tibbiyotda zarrachalar, bakteriyalar, qizil va oq qon tanachalari (eritrotsitlar va leykotsitlar) va boshqa hujayralarning agglyutininlar (qon zardobi) taʼsirida bir-biriga yopishib, gʻuj-gʻuj boʻlib choʻkib tushishi. Ular organizmning har xil kasalliklarida va immunitet hosil qilganda toʻplanadi. Mas, tajriba hayvonlarini ich terlamaga qarshi emlab, unda olingan zardob (im-mun zardob) ich terlama mikroblari bor muhitga taʼsir ettirilsa, mikroblar harakat qilishdan toʻxtaydi va gʻuj-gʻuj boʻlib choʻkib tushadi. Qon gruppasini aniqlash, baʼzi yuqumli kasalliklarni tekshirish uchun qilinadigan serologik reaksiyalar A. ga asoslangan.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |