Agar-agar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agar-agar — ayrim dengizlarning qizil va qoʻngʻir rangli oʻsimliklaridan alohida usulda qaynatib olinadigan shilimshiq modda. Tarkibida 50 — 80% gacha agaroza boʻladi. Agaroza bilan birga A.-A. tarkibiga nordon polisaharid fraksiya — „agaropektin“ ham kiradi. A.-A. sovuq suvda deyarli erimaydi, qaynoq suvda yaxshi eriydi. 0,5 — 1,5% li suvli eritmalari 32 — 39° gacha so-vitilganda 85° da eruvchi mustahkam gellar hosil qiladi. A.-A. mikrobiologiyada mikroorganizmlarni oʻstirish uchun oziqli muhit sifatida, shuningdek oziq-ovqat, qandolatchilik sanoatida, dori tayyorlashda va boshqa sohalarda ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil