Agalaktiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agalaktiya (yun. a — inkor qoʻshimchasi, gale — sut) — emizikli ayol koʻkragida sut boʻlmay qolishi. A. aso-san sut bezlarining yetarli rivojlan-maganligi va organizmda ichki sekresiya bezlari funksiyasining buzilishi, mas, jinsiy bezlar va gipofizdan chiqadigan gormonlar oʻrtasidagi muvozanatning yoʻqolishi, baʼzi aʼzolarning kasallanishi natijasida kelib chiqadi. Notoʻgʻri ovqatlanish, kuchli hayajon, qoʻrquv va asabiylanish ham A.ga sabab boʻlishi mumkin. Umuman, A. Kamroq uchraydi, koʻproq gipogalaktiya, yaʼni sut kamayib qolish hodisasi roʻy beradi. A.ni da-volash uchun sut bezini massaj qilish (uqalash), oʻz vaqtida va bekamu koʻst ovqatlanish, tiniqib uxlash va dam olish lozim. Bu yordam bermasa, vrach tavsiyasi bilan bolani boshqa ayolga emizdirish yoki goʻdaklar uchun moʻljallangan sutli ovqatlar bilan boqish tavsiya etiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil