Agafokl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agafokl (mil. av. 360-289) — kulol, lashkarboshi, Sirakuza hukmdori (tirani, 317 yildan). Soʻnggi tiraniya vakili. Yollanma askarlar va xonavayron boʻlgan fuqarolarga tayanib Sirakuzadagi oligarxiyani agʻdarib tashlagan. 313 yilga kelib Sitsiliyadagi deyarli barcha yunon shaharlarini bosib olgan. Hokimligi davrida Sitsiliyaga egalik qilish uchun Karfagenga qarshi muvaffaqiyatli ku-rash olib borgan. taxminan 305 yil „sitsiliyaliklar podshosi“ unvonini olgan. 299 yil Kerkiru o. (Korfu)ni zabt etgan. Janubiy Italiyaga harbiy safari paytida vafot etgan. A. hukmdorlik yillari Siraku-zaning kuch-qudrati va madaniy ravnaqi yuksalgan davr boʻlgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil