Aftalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aftalar (yun. aptha – yara) – og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining kasalligi. Bunda ko‘pincha til uchi yoki lunj va milklarda oq-sariq dumaloq eroziya yoki yallig‘langan yarachalar paydo bo‘ladi. Ular og‘rib, chaynash, gapirishni qiyinlashtiradi. Ahyon-ahyonda burun, 801ko‘z va jinsiy a’zolar shilliq qavatida ham A. uchrab turadi. A. ba’zan isitma, limfa bezlarining shishib og‘rishi bilan o‘tadigan mustaqil kasallik yoki chil-lashir kabi me’da-ichak kasalliklarining asorati hisoblanadi. A.ning kelib chiqishi, kechishi va boshqa xususiyatlarga ko‘ra bir necha turlari farq qilinadi. Sto-matit A.ning qayta-qayta qo‘zg‘aydigan alohida turidir.Davosi: achchiq, sho‘r, nordon ta-omlar yeyish, spirtli ichimliklar ichish taqiqlanadi. Sutli hamda muloyim ovqatlar buyuriladi, shifokor tavsiya qilgan dori eritmasi bilan og‘iz chayiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil