Afshona (choyxona)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"AFSHONA" — choyxona, Buxoro viloyati, Romitan tumani Afshona qishlogʻida (1980, meʼmori N. Sharipov, T. Boboyev). Nurota marmarining harsang toshlaridan oʻziga xos loyiha asosida qurilgan. Ikki xonali (30 Urinli). Shimoliy ga qaragan xona oldi ikki ustunli, shariku qaragan xona oldi uch ustunli ayvon. Yarim aylana koʻrinishdagi moʻrili samovarxonasi ikki yoʻlakning tutashgan joyida. Bosh tarzini ikki minoracha bezaydi, uning yonidagi yarim aylana zina orqali minoraga va choyxona tomidagi tomosha maydonchasiga chiqiladi. Choyxonaning eshik va ustunlari milliy meʼmorlik anʼanalariga xos yogʻoch oʻymakorligi bilan bezatilgan. Xona miniatyura uslubidagi nafis devoriy rasmlar (rassom Ch. Ahmarov rahbarligida T. Saʼdullayev ishi) bilan bezatilgan. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil