Afrosiyobi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Afrosiyobi — ertapishar olma navi. R. R. Shreder nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining Samarqand filialida Landsberg navini Samarqand ertapishar navi bilan duragaylab chiqarilgan (V. V. Kuznesov, A. A. Leplinskiy). Daraxti oʻrtacha oʻsadi, keng shoxli, piramidasimon, novdalari jigarrang. Bargi oʻrtacha. Gullari mayda, oq. Mevasi yirik (100-150 g), sirti tekis, uchki tomoni toraygan, qirmizisariq rangda, mevabandi kalta, eti och sariq, muloyim, shirin. Koʻchati eqilganidan keyin 4-5 yilda hosilga kiradi. Iyul boshida pishadi. Har yili hosil qiladi. Hosildorligi oʻrtacha. Olma qurtidan kam za-rarlanadi. Mevalari tez toʻkilib ketadi. Shahar atrofi, shamol kuchli boʻlmagan zonalar va tomorqa xoʻjaliklarida yetishtirish uchun tavsiya etilgan (yana qarang Olma).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil