Afrosiyob kulolligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Afrosiyob kulolligi — Afrosiyobda olib borilgan arxeologik qazilmalar natijasida topilgan qadimgi oʻzbek xalq amaliy sanʼati namunalari. 9- 13-asrlarda Afrosiyob kulollari tomonidan ishlangan bejirim, na-fis sirli idishlar Islom dunyosida keng tarqalgan. Bu idishlar oʻzining mohirona ishlanganligi, naqshlarining aniq va mazmundorligi bilan ajralib tu-radi. Afrosiyob kulollari dastlab ara-blar istilosi (8-asr) gacha boʻlgan sanʼat anʼanalariga asoslanib, 9-10-asrlarda keng tarqalgan falsafiy gʻoyalarni turli ramzlar, arab alifbosida yozilgan ezgu niyatlar, xalq maqollari, shuningdek kabutar, xoʻroz, burgut, ot, yoʻlbars, sher tasvirlari, ov manzarasi hamda islimiy gullar va giriqlar bilan oʻz asarlarida mu-jassam etganlar. Bezakda asosiy oʻrin tutgan kufiy yozuvlar, ayniqsa chuzib yozilgan harflar bilan tik yozilgan „Alif“ va „Lom“ning uygunligi naqshning taʼsirchanligini oshirgan. Keyingi davrlar (11-13-alar)da Afrosiyob kulolligi dagi bez-aklar oʻrnini umumlashtirilgan qushlar tasviri, mazmundor arab soʻzlari, mu-rakkab gullar, naqshlar oladi. Bundam bezaklar idishlarning kurkamligini burttirib koʻrsatadi. Bu uslub bizning davrimizgacha yetib kelgan. Afrosiyob kulolligi dagi bez-aklar buyum shakliga mosligi, ranglarining yorqinligi va nafisligi bilan kishi diqqatini oʻziga jalb etadi. Ad.: Pugachenkova G. A., Rempel L. I., Ocherki iskusstva Sredney Azii, M., 1982.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil