Afrosiyob (mehmonxona)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Afrosiyob" — 4 yulduzli mehmonxona. Samarqand shahridagi Teatr maydonida (Registon koʻchasida) joy-lashgan. Milliy va eng zamonaviy meʼ-moriy uslubda qurilgan (1994, bosh meʼmori M. X. Vohidov, bosh muxandis L. A. Muhamedshin). 9 qavatli, 278 xo-nasi (jami 500 oʻrinli) bor, shundan 1 xonali, 2 oʻrinli xona 206 ta, 2 kishiga moʻljallangan 2 xonali lyuks xonalar 13 ta, 1 xonali, 1 oʻrinli 56 ta, 4 xo-nali, 2 oʻrinli 3 ta. Bosh vestibyuli va qavatlarida dam oladigan joy (xoll), choyxona (80 oʻrinli), restoran (450 oʻrinli), banket zali (80 oʻrinli), vesti-byuldagi bar (52 oʻrinli), kechki klub (104 oʻrinli), ikki qahvaxona barlari (48 oʻrinli), „ekspress“ bari (20 oʻrinli), tomosha zali (301 oʻrinli), konferensiya zali (26 kv.m), sauna, „sogʻlomlashtirish“ klubi, basseyn (maydoni 240 kv.m) mavjud. „A.“ binosi murakkab boʻrtma (qavariq) shaklda, bir necha qavati 20 m gacha pastlikka tushgan. Maishiy xizmat, restoran, choyxona va boshqa pastki qavatlarda joylashgan. Bezaklarida marmar, granit kabi mahalliy qurilish materiallaridan foydalanilgan. Angliyadan keltirilgan eng yangi texnika bilan jihozlangan. Habibulla Qayumov.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil