Afrikantrop

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Afrikantrop (Afrika va yun. an-thropos — odam) — neandertallar tipiga mansub qazilma odam. Eyasi odami deb ham ataladi. Tanzaniyadagi Eyasi koʻlidan 1935 va 1938-yillarda A.ning bosh suyagi parchalari va ikki oziqtishi saqlangan jagʻ suyagi topilgan. Suyaklar bilan birga tosh qurollar ham topilgan. Pleystotsen davrining 2-yarmiga oid.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil